O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2018-2019 o’quv yili uchun qabul komissiyasi joriy yilning 15 iyunidan boshlab abiturientlardan hujjatlarni ertalab soat 9:00dan 18:00gacha qabul qilmoqda. Abiturientlarning hech bir muammosiz hujjatlarini taqdim etishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, ota-onalar xonasi, maslahat markazi va sport majmualari, Yoshlar ittifoqi xonasi, tibbiy bo’lim abiturientlar va ularning ota onalari uchun xizmat ko’rsatmoqda. Shuningdek, qabul komissiyasi e’lonlar doskasida abiturientlar uchun eng so’nggi yangiliklar muntazam berib borilmoqda. Qo’shimcha ma’lumot olishni istagan abiturientlar uchun esa qabul komissiyasining telefon raqamlari muntazam ishlab turibdi.